Antirekord: O‘zbekistonda bir kunda koronavirus va pnevmoniyaga chalinganlar 1200 dan oshdi
Jamiyat
−
22 iyul 2021
62292021 yil 21 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 122048 nafarni tashkil etmoqda. SSV xabariga ko‘ra, so‘nggi sutkada 719 kishida koronavirus va 492 kishida pnevmoniya aniqlandi.
Yangi kasallanish holatlarining:
71 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
20 nafari Andijon viloyatida,
13 nafari Buxoro viloyatida,
81 nafari Jizzax viloyatida,
21 nafari Qashqadaryo viloyatida,
16 nafari Navoiy viloyatida,
31 nafari Namangan viloyatida,
78 nafari Samarqand viloyatida,
22 nafari Sirdaryo viloyatida,
81 nafari Surxondaryo viloyatida,
71 nafari Farg‘ona viloyatida,
13 nafari Xorazm viloyatida,
83 nafari Toshkent viloyatida,
118 nafari Toshkent shahrida fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 65 nafar,
Andijon viloyatida 34 nafar,
Buxoro viloyatida 54 nafar,
Jizzax viloyatida 45 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 18 nafar,
Namangan viloyatida 51 nafar,
Samarqand viloyatida 105 nafar,
Sirdaryo viloyatida 70 nafar,
Surxondaryo viloyatida 50 nafar,
Farg‘ona viloyatida 44 nafar,
Xorazm viloyatida 30 nafar,
Toshkent viloyatida 54 nafar,
Toshkent shahrida 126 nafar bemor sog‘aydi.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 116755 (+746) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 814 nafarni tashkil qildi.
LiveBarchasi