Xursandchilik uzoqqa cho‘zilmadi. Antirekord ham yangilandi
Jamiyat
−
28 iyul 2020
41663Avvalroq, bir kunda 600 ga yaqin koronavirusdan sog‘ayib, kunlik rekord yangilangani haqida xabar bergan edik. Xursandchilik uzoqqa cho‘zilmadi.
Bugun, 28 iyul kuni O‘zbekistonda 684 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, shundan 125 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 559 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Sirdaryo, Namangan, Buxoro, Navoiy viloyatlarida jami 591 nafar bemor sog‘aydi. Hozirda kasallik qayd etilgan jami 21 893 nafar bemordan 12 265 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 56 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 502 nafar bemordan 206 nafari og‘ir, 91 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi