Antaliyadan uchgan samolyotda yo‘lovchilar mushtlashib ketdi (video)
Olam
−
11:36 9138 1 daqiqa
Kecha, 13 fevral kuni Jet 2 aviakompaniyasining Antaliya–Manchester yo‘nalishida uchgan samolyoti yo‘lovchilarning mushtlashuvi sababli, Bryussel aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda DHA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Turkiyaning Antaliya shahridan havoga ko‘tarilgan samolyotda irqchilikka oid gaplar sababli yo‘lovchilar o‘rtasida tortishuv kelib chiqqan. Tortishuv qisqa fursatda mushtlashuvga aylangan. Kabina ekipaji aralashuviga qaramay, janjal davom etgani uchun uchuvchi samolyotni Bryussel aeroportiga favqulodda qo‘ndirishga majbur bo‘lgan. Politsiya tomonidan ikki yo‘lovchi samolyotdan tushirilib, olib ketilgach, reys Manchesterga parvozini davom ettirgan.
Aviakompaniya mushtlashgan yo‘lovchilarni umrbod o‘z parvozlaridan chetlatishini, shuningdek favqulodda qo‘nish bilan bog‘liq barcha xarajatlar ham ulardan undirilishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyada uchuvchi parvoz vaqtida hushini yo‘qotgani haqida xabar berilgan.