Antaliyada markaziy osiyolik sayyohlar avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi
Olam
−
30 iyul 2023
7129Turkiyaning Antaliya shahrida sayyohlik mikroavtobusi va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda NTV xabar berdi.
Qozog‘istonlik turistlarni olib ketayotgan sayyohlik mikroavtobusiga trassada yuk mashinasi kelib urilgan.
Aniqlanishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida ekskursiya haydovchisi va ukrainalik gid halok bo‘lgan. Jami 12 kishi jarohat olgan bo‘lib, 6 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir darajada.
Ular Alaniya va Manavgat tumanlaridagi shifoxonalarga olib ketilgan. Voqea joyini tekshirish guruhlari ish olib borgach, jasadlar Alaniya shahar “morg”iga jo‘natilgan. Yuk mashinasi haydovchisiga nisbatan tergov harakatlari olib borilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kolumbiya shimolida avtobus qoyadan qulab tushgandi. Oqibatda 10 kishi halok bo‘lgan.