Anqara Isroilni Turkiyada HAMASga qarshi ish olib borish oqibatlaridan ogohlantirdi
Olam
−
05 dekabr 2023
5920Turkiya Isroil razvedka xizmatlarini respublika hududida HAMAS amaldorlarining ta’qib qilinishi jiddiy oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi. Bu haqda razvedka manbalariga tayanib, TRT telekanali xabar berdi.
Manbalar Isroil tomoni Falastindan tashqarida yashovchi HAMAS a’zolarini yo‘q qilishi haqida matbuotda paydo bo‘lgan ma’lumotlar bilan bog‘liq holda Isroil tomoniga kerakli ogohlantirishlar berilganini, bunday harakatlar "jiddiy oqibatlarga" olib kelishini bildirgan.
Turkiya rasmiylarining ma’lum qilishicha, avvalroq turli razvedka xizmatlari respublika hududida bunday noqonuniy faoliyatni amalga oshirishga uringan, buni esa qabul qilib bo‘lmaydi.
Kecha, 4 dekabr kuni Isroilning “Kan” davlat teleradiokompaniyasi tomonidan e’lon qilingan Isroil Bosh xavfsizlik xizmati rahbari Ronen Barning audioyozuvidan ma’lum bo‘lishicha, Isroil razvedka xizmatlari butun dunyodagi, jumladan Qatar va Turkiyadagi HAMAS yetakchilarini yo‘q qilishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “The Wall Street Journal” ham Isroil rasmiylariga tayanib, Isroil razvedka xizmatlari G‘azodagi operatsiya yakunlanganidan so‘ng butun dunyo bo‘ylab HAMAS yetakchilarini kuzatib borish va yo‘q qilishga tayyorlanayotganini xabar qilgandi.
LiveBarchasi