Angrendagi mudhish YTH jabrlanuvchilarining ahvoli ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq, bugun, 10 sentyabr kuni soat 04:00larda Toshkent viloyati Angren shahri hududidagi avtomobil yo‘li va temir yo‘l kesishmasida avtotransport vositalari hamda yuk tashish poyezdining to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

YTHda 5 nafar fuqarodan 2 nafari N.A. va A.X. voqea joyida vafot etgandi. Qolgan jarohat olgan 3 nafar fuqaro hamda “SAMS” rusumli avtotransport vositasi haydovchisi Angren shahar tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga olib borilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazrligi mazkur YTHda jabrlanganlar zudlik bilan tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilib, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilganini ma’lum qildi.

Vazirlik Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, jarohatlanganganlar: 22 yoshli F.Yu. “Bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi, yuz yumshoq to‘qima jarohati hamda ko‘krak qafasi yumshoq to‘qima jarohati”, 24 yoshli A.N. “Bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi, yuz yumshoq to‘qima jarohati, ko‘krak qafasi yumshoq to‘qima jarohati”, 30 yoshli A.N. “Bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi, chap ko‘z yumshoq to‘qima jarohati, o‘ng tizza yopiq jarohati. o‘ng oyoq uchinchi barmoqning chiqishi, ko‘krak qafasi yumshoq to‘qima jarohati”, 51 yoshli X.M.esa “Bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi,pastki jag‘ning yopiq sinishi, yuzning o‘ng sohasi va peshona sohasining lat yeyishi, yuqori lab lat yeyishi va yirtilishi” tashxislari bilan Angren shahar tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limida davo muolajalari olyapti.

Ularning ahvoli Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan doimiy nazoratga olingan. Vazirlik tomonidan safarbar qilingan malakali mutaxassislar jarahatlanganlar hayoti uchun kurashmoqda. Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH SSV Angren

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing