Angrenda yo‘lto‘sar bezorilar guruhi qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Joriy yilning 7 dekabr kuni Angren shahrida jinoyat sodir etiladi. Bir guruh shaxslar yarim tunda kuch ishlatib bir fuqaroning pullarini olib qochadi.

Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida soat 00:30larda 3 nafar noma’lum shaxs Eski Toshkent ko‘chasidagi yo‘l chetida Namangan viloyatida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan R.O.ga tashlanishgan. Uni qo‘rqitib, yonidagi 735.000 so‘m pulini tortib olib voqea joyidan yashirinishgan.

“Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Angren shahar 31-dahada yashovchi 1998 yilda tug‘ilganlar M.U., 5/1-“A” dahada yashovchi Sh.A. va Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi S.S.lar sodir etganliklari aniqlanib ushlangan”, - deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Jinoyat Qashqadaryo

Baholaganlar

124

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing