Angrenda fuqaroning uyidan 2300 yillik odam suyaklari topildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 23 aprel kuni Angren shahri “Bog‘i Surh” MFY Abay ko‘chasi 77-uyda yashovchi F.Normatovning yashab turgan turar joyi hovlisida qazilgan chuqurdan qabr ochilgan. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi. 

30 aprel kuni fuqaro F.Normatov bu haqda Angren shahar tarixi muzeyiga xabar bergan. Angren shahar tarixi muzeyi xodimlari tomonidan 1 may kuni “Bog‘i Surh” MFY Abay ko‘chasida yashovchi fuqaroning murojaati asosida uning yashab turgan turar joy hovlisidan qazilgan chuqurda qazishma ishlari olib borilgan.

Tadqiqot ishlari xulosasiga ko‘ra, ushbu qabr “Qovunchi” madaniyatiga oid bo‘lib, u miloddan avvalgi 3, milodning 3-4 asrlariga tegishli ekanligi qayd etildi. Qabrdan shu davrda yashagan odamlarning suyak qoldiqlari va 5 xil turli hajm va shakldagi sopol buyumlari qazib olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Angren Qovunchi madaniyati

Baholaganlar

535

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing