Angrenda besh kishi harakatlanayotgan teplovozdan ko‘mir o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi

Jamiyat

image
Farg‘onalik yigit 2 oylik chaqaloqning qotiliga aylanib, 20 yilga qamaldi north_east

Farg‘onalik yigit 2 oylik chaqaloqning qotiliga aylanib, 20 yilga qamaldi

Toshkent viloyatida besh nafar noma’lum shaxs yurib ketayotgan teplovozdan ko‘mir o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 17 noyabr kuni Olmaliq kon metallurgiya kombinatining Angren shahridagi filialiga tegishli ko‘mir ortilgan 50 vagonli yuk poyezdi to‘rttasini uzib qoldirish uchun “Obliq” temir yo‘l bekatida to‘xtagan. Uzib qolingan vagonlar belgilangan manzilga olib borish uchun teplovozga ulangan. Yuk poyezdi harakatlangan vaqtda 5 nafar noma’lum shaxs vagonga osilib, ko‘mir mahsulotini talon-toroj qilishga uringan.

Vazkur holatni ko‘rgan va shu yerda xizmat olib borayotgan Ohangaron o‘qchilik komandasi o‘qchisi vagonga chiqqan noma’lum shaxslarni ushlash maqsadida teplovozni to‘xtatgan. Teplovoz to‘xtagan vaqtda ushbu noma’lum shaxslar har tomonga qochib ketishgan. 

Hozirda mazkur noma’lum shaxslarni aniqlash, kelgusida ularning ushbu noqonuniy harakatiga qonuniy baho berish yuzasidan tezkor surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

ko'mir

Baholaganlar

115

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing