Angrenda 24 yashar yigit Telegram orqali fuqarolarni chuv tushirgani aniqlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi yigit Telegram messenjeri orqali fuqarolarning 13 mln pulini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Olib borilgan tekshiruv harakatlari davomida, noma’lum shaxs tomonidan Telegram’da “UNIVERSAL KREDIT” nomli soxta guruh ochilib, 15 daqiqa ichida onlayn kredit xizmatlari orqali fuqarolar mikroqarz olishlari mumkinligi e’loni ostida fuqarolarning shaxsiga oid ma’lumotlarini noqonuniy ravishda qo‘lga kiritilgani aniqlangan. U guruh axzolarining bank plastik kartalaridagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib kelgan.

Olingan tezkor ma’lumotlar natijasida, joriy yilning iyul oyida Toshkent shahri hududida IIV Kiberxavfsizlik markazi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur noqonuniy harakatni Angren shahrida yashovchi 1997yilda tug‘ilgan fuqaro D.K. sodir etganligi aniqlandi. Undan ikki dona telefon qurilmasi ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Ma’lumotga ko‘ra, u muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan sudlangan.

Ushbu shaxs Telegram’dagi “UNIVERSAL KREDIT” nomli soxta guruhi orqali 15 daqiqa ichida fuqarolar mikroqarz olishlari mumkinligini e’lon qilib, respublika bo‘ylab 10 dan ziyod aldangan fuqarolarning jami 13 000 000 so‘mga yaqin pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ushbu pullarni o‘zining ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro D.K. ga nisbatan Yozyovon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Angren

Baholaganlar

158

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing