Angrenda harakatdagi poyezddan ko‘mir o‘g‘irlamoqchi bo‘lganlarning shaxsi aniqlandi
3-sahifa
−
23 noyabr 2020 7629 1 daqiqa
Avvalroq, joriy yilning 17 noyabr kuni Toshkent viloyatida “Obliq” temir yo‘l stansiyasidan ko‘mir ortilgan poyezd yukni belgilangan manzilga olib o‘tish vaqtida bir necha noma’lum shaxslar ko‘mir maxsulotini talon-taroj qilish maqsadida vagonga chiqib olgani haqida xabar bergan edik.
Ularni qo‘lga olish uchun teplovoz to‘xtatilganda, qochib ketishgandi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning ma’lum qilishicha, zudlik bilan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv ishlar natijasida g‘araz niyatli kimsalarning shaxslari aniqlangan. Ular hech qayerda ishlamaydigan Angren shahrida yashovchi: X.A.Buranov (1980 y.t.), A.D.Izamov (1989 y. t.), S.U.Tanjarikov (1986 y. t.) va X.U.Tanjarikov (1985 y. t.) bo‘lib chiqqan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovoldi tezkor surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust