“Angren shakar” va “Xorazm shakar” xodimlarini ommaviy ishdan bo‘shatishni boshladi

Jamiyat

image

“Angren shakar” va “Xorazm shakar” ma’suliyati cheklangan jamiyatlari shu kunlarda ommaviy ravishda xodimlarini ishdan bo‘shatishni boshladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ayni paytgacha, 130 nafardan ziyod xodim ishdan bo‘shatilgan. Ularning ma’lum qilishicha, “Angren shakar” va “Xorazm shakar” zavodlari yil oxiriga qadar deyarli barcha ishchilarni ishdan bo‘shatishni mo‘ljallagan.

Ma’lum qilinishicha, hozirda ikkita zavodda jami 2000 nafardan ziyod ishchi xodimning daromadsiz qolish xavfi tug‘ilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda shakar ishlab chiqaruvchi ikki yirik zavod joriy yilning 16 iyul kuni mahsulot ishlab chiqraishni to‘xtatgan edi. 

QALAMPIR.UZ “Angren shakar” MCHJdagi manbasiga tayanib, zavod faoliyatini tiklamasligi mumkinligini xabar qilgandi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, “Angren shakar” MCHJ Bosh direktori Rustam Akbarxo‘jayev va “Xorazm-shakar” MCHJ Bosh direktori Umidjon Komilovning bu xabarga raddiyasi e’lon qilingandi.

“O‘zbekistondagi mavjud ikkita shakar zavodi xomashyo tugaganligi munosabati bilan ishlab chiqarishni vaqtinchaga to‘xtatgan edi. Hozircha ushbu vaziyatdan foydalangan holda zavoddagi barcha uskunalarda profilaktik tozalash ishlari olib borilmoqda”, deyishgandi zavod vakillari.

Aftidan, zavodlar baribir faoliyatini tiklamasligi aniq bo‘lgan. Bizning manba shakar ishlab chiqarish xorijdan, xususan, Rossiyadan olib kelinadigan shakardan qimmatga tushayotgani sababli, bundan manfaat qolmaginin ta’kidlab o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Angren shakar Xorazm shakar

Baholaganlar

406

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing