Angorda avtobus 59 yoshli piyodani urib yubordi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatining Angor tumanida piyoda avtobus urib ketishi natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati-xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yo‘l-transport hodisasi joriy yilning 23 dekabr kuni soat 18:10 larda Angor tumani hududidan o‘tuvchi M-39 “Olma-ota-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 1427-kmda yuz bergan. Sherobod tumanida yashovchi, 1960 yilda tug‘ilgan S.F. o‘ziga biriktirilgan Isuzu rusumli avtobusda yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. 

1960 yilda tug‘ilgan O‘.T. yo‘l yuziga to‘satdan chiqib qolgan. YTH natijasida piyoda voqea joyida halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Surxondaryo

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing