Angor tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 11 iyul kuni Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Usmon Yangibayevich Turapov viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlanganligi munosabati bilan Angor tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi.

Shu kungacha viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Shohjahon Bekmuratovich Abdullayev Angor tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Shohjahon Bekmuratovich Abdullayev 1987 yilning 19 yanvarida Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. 2009 yilda Termiz davlat universiteti,  2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida turli yillarda viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Sho‘rchi tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2020 yildan viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Angor tumani Shohjahon Abdullaev

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing