Boks bo‘yicha JCH: Shohjahon Abdullayev nokautga uchradi
Sport
−
27 Oktabr 2021 11595 1 daqiqa
Bugun, 27 oktyabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining ikkinchi kungi bahslari start oldi.
Dunyo birinchiligida 86 kg vazn toifasida ishtirok etganShohjahon Abdullayev ilk jangida belgiyalik Viktor Shelstritga qarshi ringga ko‘tarilib, mag‘lubiyatga uchradi. Bahs davomida Abdullayev nokdaun holatiga tushdi, lekin o‘zini tiklab oldi va hisobda oldinda borayotgan edi. Ikkinchi raundning so‘nggi soniyasida Shelstritning kuchli zarbasi Abdullayevni muvozanatdan chiqardi va jang o‘z yakuniga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 oktyabr kuni Saidjamshid Jafarov (75 kg) Slovakiya vakili Lukas Fernezaga qarshi ringga ko‘tarilib, g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Unga yaponiyalik Yuito Morivaki raqiblik qiladi.
Shuningdek, 51 kg vazn toifasida ishtirok etgan Hasanboy Do‘smatov ilk jangda qozog‘istonlik Saken Bibossinov qarshi ringga ko‘tarilib, mag‘lubiyatga uchradi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025