Angliyaning sobiq murabbiyi “Manchester Yunayted” taklifini rad etdi

Sport

image

Angliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Garet Sautgeyt murabbiylikka qaytishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi. U “Manchester Yunayted” va “Kristal Pelas” bosh murabbiylik lavozimlariga nomzod sifatida tilga olingan bo‘lsa-da, hozircha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor emasligini ma’lum qildi. Bu haqda u “Mirror” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Men Premer-ligada murabbiylik qilishni istamayman. Buni 35 yoshimda “Midlsbro” bilan sinab ko‘rganman va 12-o‘rinni egallaganmiz. Shundan so‘ng jahon futbolidagi eng yaxshi ishlardan birini – Angliya terma jamoasini boshqarish imkoniyatini qo‘lga kiritdim. Bu katta o‘yinlar, ajoyib futbolchilar bilan ishlash va aralashuvsiz faoliyat yuritish degani edi.

Men boshqa milliy terma jamoani boshqarishni xohlamayman. Klubga kelsak, rostini aytsam, hozircha bunga qiziqishim yo‘q. Terma jamoadan ketganimga ikki yil bo‘ldi, ammo men faol ravishda yangi murabbiylik ishini qidirmayapman”,  deydi Sautgeyt.

Ma’lumot uchun, Sautgeyt 2016 yildan 2024 yilgacha Angliya terma jamoasini boshqardi. Uning qo‘l ostida “Uch sherlar” ikki bor Yevropa chempionati finaliga qadar yetib bordi.


Maqola muallifi

Teglar

Angliya “Manchester Yunayted” Garet Sautgeyt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing