Angliyada oziq-ovqatlarni endi robotlar eltib beradi
Texnologiya
−
22 iyul 2023
3857Angliyaning Lids shahrida oziq-ovqatlarni yetkazib beruvchi robotlar sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazildi va robot-baqqollik yetkazib berish xizmati kengaytirildi. Bu haqda BBC ma’lum qildi.
Shaharning Adel va Tinshill tumanlaridagi yegulik shahobchalari allaqachon o‘z mahsulotlarini robotlar orqali yetkazib berishni boshlagan.
Robotlarni ishlab chiqarayotgan Starship firmasi shu haftadan boshlab Lids shahar kengashidan Kippax va Svarkliff yo‘llarida ishlashga ruxsat oldi. Shuningdek, shu yil so‘ngiga qadar robotlar xizmati Uezerbida ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
“Texnologik yaxshilanishlar ko‘pincha shaharning ichki hududlarida sodir bo‘ladi va bizning sinovlarimiz ba’zi tashqi hududlarga ta’sir qilganini ko‘rish yoqimli. Texnologiyaning bu hududlarga odatdagidan tezroq yetib borishini ko‘rish ham juda yaxshi”, dedi mehnat maslahatchisi Maykl Millar.
Biroq ma’lumotlarga ko‘ra, Transport departamenti robotlarga umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida doimiy ravishda harakatlanishga hali ruxsat bermagan.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilda Gonkongning “Hanson Robotics” nomli kompaniyasi tomonidan yaratilgan odamsimon robot Sophia Birlashgan Millatlar Tashkilotining konferensiyasida bir daqiqa nutq so‘zladi. Bu robot ishtirok etgan birinchi yig‘ilish sifatida BMT tarixiga kirdi.
Sevara Husniddinova