Angliyada erkak poyezd yo‘lovchilariga pichoq bilan hujum qildi
Olam
−
03 noyabr 2025 2009 1 daqiqa
Joriy yilning 1 noyabr kuni kechqurun Angliyada Londonga ketayotgan poyezdda noma’lum shaxs yo‘lovchilarga pichoq bilan hujum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Donkasterdan Londonga ketayotgan poyezdda sodir bo‘lgan. Avvaliga poyezd yo‘laklarida “yugur, yugur, hammani pichoqlab ketayotgan yigit bor” degan qichqiriqlar eshitilgan va buni odamlar Xellouin bayramidan keyingi hazil deb o‘ylagan. Keyinroq o‘rindiqlardan birining qon bo‘lganini ko‘rgan odamlar vagonlardan qochishni boshlagan.
Vagonlardagi qichqiriqlar sababli poyezd Kembrijshirdagi bekatga rejadan tashqari to‘xtagan. Qurollangan politsiya xodimlari poyezddagi ikki erkakni hujumga aloqadorlikda gumon qilib hibsga olgan. Biroq gumonlanuvchilardan biri kelib chiqishi afrikalik 32 yoshli Britaniya fuqarosi tergovda qolgan, ikkinchi gumonlanuvchi qo‘yib yuborilgan.
“Hujum oqibatida jami 11 yo‘lovchi tan jarohati olgan. Ulardan besh nafari shifoxonadan davolanib chiqqan, biroq yo‘lovchilardan birining ahvoli og‘irligicha qolmoqda”, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.
Huquq-tartibot idorasi rasmiylaridan biri sodir bo‘lgan voqea yoki hujumchining motivlari haqida har qanday nazariyani ilgari surishga hali erta ekanini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Olmaota shahri aeroportida erkak pichoq bilan aeroport xodimini garovga olgan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi