Angliyada bir martalik idishlardan foydalanish taqiqlanadi

Olam

image

Angliyada bir marta ishlatiladigan idishlardan foydalanishga taqiq qo‘yilmoqda. Bu haqda “Euronews.com” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Buyuk Britaniya hukumati Angliyada bir martalik buyumlardan, shu jumladan, sanchqi, pichoq, polistirol stakanlar va likopchalardan foydalanishni taqiqlamoqchi. Atrof-muhit himoyalash bo‘yicha kotib Tereza Koffi kelgusi haftalarda bu kabi buyumlardan bosqichma-bosqich voz kechish va ularni biologik parchalanadigan muqobillari bilan almashtirish rejalarini amalga oshirishga tayyorligini ta’kidlagan.

Shuningdek, Shotlandiya va Uels hukumatlari allaqachon bu kabi harakatlarni amalga oshirganligi aytilgan.

Hukumat hisob-kitoblariga ko‘ra, har yili mamlakatda 1,1 milliardga yaqin bir martalik taqsimchalar va 4,25 milliard dona sanchqi va pichoq ishlatiladi. Biroq ulardan faqat 10 foizi qayta ishlanadi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Angliya Shotlandiya Uel's bir martalik idishlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing