Angliya premer ligasi boshlanyapti. Turnir taqvimi e’lon qilindi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Angliya chempionati 17 iyun kuni "Aston Villa" va “Sheffild” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlanadi. 2 iyulgacha bo‘ladigan turnir taqvimi “Independent” gazetasida e’lon qilindi.

28-turning qoldirilgan uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi. O‘sha kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da "Manchester Siti" – “Arsenal” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya chempionati joriy yilning 13 mart kuni koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan edi.

Hozirgacha beshta yetakchi chempionatlardan faqat Germaniya chempionati tiklandi. Ispaniya chempionati 11 iyundan, Italiya - 20 iyundan davom etadi va Fransiya chempionati esa muddatidan oldin yakunlandi. Gollandiya va Belgiya chempionatlari ham yakunlandi. Rossiya Premer-ligasi (RPL) 19 iyun kuni tiklanishi rejalashtirilgan.

19 iyun
22:00 "Norvich" - "Sautgempton"
00:00 "Tottenxem" - "Manchester Yunayted"

20 iyun
16:30 "Uotford" - "Lester"
18:00 "Brayton" - "Arsenal"
21:30 "Vest Xem" - "Vulverxempton"
23:45 "Bornmut" - "Kristal Pelas"

21 iyun
20:00 "Nyukasl" - "Sheffild"
22:30 "Aston Villa" - "Chelsi"
23:00 "Everton" - "Liverpul"

22 iyun
22:00 "Manchester Siti" - "Bernli"

23 iyun
22:00 "Sautgempton" - "Arsenal"
00:15 "Tottenxem" - "Vest Xem"

24 iyun
22:00 "Manchester Yunayted" - "Sheffild" 
22:00 "Nyukasl" - "Aston Villa" 
22:00 "Norvich" - "Everton"
00:15 "Liverpul" - "Kristal Pelas"

25 iyun
22:00 "Bernli" - "Uotford" 
22:00 "Lester" - "Brayton" 
00:15 "Chelsi" - "Manchester Siti" 
00:15 "Vulverxempton" - "Bornmut"

28 iyun
16:00 "Aston Villa" - "Vulverxempton" 
18:30 "Uotford" - "Sautgempton" 

29 iyun
00:00 "Kristal Pelas" - "Bernli" 

30 iyun
22:00 "Brayton" - "Manchester Yunayted" 
00:15 "Sheffild" - "Tottenxem"

1 iyul
22:00 "Bornmut" - "Nyukasl" 
22:00 "Everton" - "Lester" 
00:15 "Vest Xem" - "Chelsi"

2 iyul
22:00 "Arsenal" - "Norvich" 
00:15 "Manchester Siti" - "Liverpul" 

P.S: Uchrashuv vaqtlari Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Angliya chempionati

Baholaganlar

82

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing