Saloh Ronaldu va Jerrardga yaqinlashdi
Sport
−
10 noyabr 2023 5594 1 daqiqa
Misrlik futbolchi Muhammad Saloh oktyabr oyi yakunlariga ko‘ra, Angliya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda liga o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
“Liverpul” jamoasi vingeri faoliyatida beshinchi marta bu sovrinni qo‘lga kiritdi. U bu borada Ueyn Runi va Robin van Persiga yetib oldi va liganing amaldagi futbolchilari orasida bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchiga aylandi.
Faqatgina Stiven Jerrard, Krishtianu Ronaldu (6 marta), Serxio Aguero va Harri Keyn (7 marta) Salohdan ko‘proq sovrinni qo‘lga kiritgan.
Futbolchi oktyabr oyida “qizillar”ning Premer-ligadagi 3 ta o‘yinida 5 ta gol urdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025