Angliya klubi o‘zbekistonlik futbolchi transferini e’lon qildi

Sport

image

Rasman Angliyaning “Brentford” klubi o‘zbekistonlik 18 yoshli futbolchi Muhammadali O‘rinboyevni o‘z safiga qo‘shib olganini ma’lum qildi. 

“Brentford”ga xush kelibsan,Ali”, deyiladi jamoa matbuot xizmati xabarida.

Qayd etish joiz, “Brentford”ga o‘zbekistonlik futbolchining ijarasi 200 ming yevroga tushdi.

E’tiborlisi, mazkur klubda angliyalik mashhur futbolchi Devid Bekxemning o‘g‘li Romeo Bekhem ham to‘p tepadi. Qizig‘i, kichik Bekxem O‘rinboyev bilan bir xil pozitsiyada to‘p tepadi.

Ma’lumot uchun, O‘rinboyev o‘tgan mavsum Toshkentning “Paxtakor” klubi safida Osiyo Chempionlar ligasida 3 ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurgan. U O‘zbekiston U-17 terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Brentford Devid Bekxem Muhammadali O'rinboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing