Angliya futbolining “Pele”si olamdan o‘tdi

Sport

image

Angliya terma jamoasi safida 1966 yilgi Jahon chempionati kubogini qo‘lga kiritgan afsona – Bobbi Charlton vafot etdi. Bu haqda Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi matbuot xizmati xabar berdi.

"U nafaqat Manchester yoki Buyuk Britaniyada, balki dunyoning qayerida futbol o‘ynamasin, millionlar uchun qahramon bo‘lgan. U nafaqat sport mahorati va halolligi, balki futbolchi sifatidagi ajoyib fazilatlari bilan ham hurmatga loyiq edi. Ser Bobbi hamisha shundayligicha qoladi”, deyiladi bayonotda.

Jahon futboli ensiklopediyasida Bobbi Charlton haqida quyidagi so‘zlar yozilgan:

“U - eng mashhur ingliz futbolchisi. Uning ismi ingliz futbolidagi eng buyuk voqealar bilan chambarchas bog‘liq. Charlton nomi sportdagi halollik, maydonda o‘zini tutish va jentelmenlikning sinonimiga aylangan”.

Ma’lumot o‘rnida, Bobbi Charlton 1937 yil, 11 oktyabrda Angliyada tug‘ilgan. Hujumchi, yarim himoyachi ampulasida: 

“Manchester Yunayted” (Angliya)da – 1953-1973 yillar; 
“Preston Nord End” (Angliya) da – 1973-1975 yillar to‘p surgan.

Shuningdek, terma jamoa safida 106 o‘yin o‘tkazib, 49 gol kiritgan.

Qo‘lga kiritgan yutuqlari:

Jahon Chempioni (1) – 1966 y
Yevropa Chempionatida uchinchi o‘rin (1) – 1968 y
Yevropa Chempionlar kubogi (1) – 1968 y
Angliya chempioni (4) – 1956, 1957, 1965, 1967 yy
Angliya kubogi sohibi (1) – 1963 y
Yevropaning eng yaxshi futbolchisi (1) – 1966 y
Angliyaning eng yaxshi futbolchisi (1) – 1968 y
YUNESKO “Feyr Pley” sovrindori (1) – 1973 y

Britaniya imperiyasning maxsus ordeni va FIFAning oltin ordeni sohibi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Bobbi Charl'ton

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing