Angliya futbol klubining Instagram'i xakerlar hujumiga uchradi

Sport

image

Angliyaning “Uigan” futbol klubining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi xakerlar hujumiga uchradi.

Klubning Instagram'idagi eski postlar o‘rniga ro‘mol o‘ragan noma’lum ayolning suratlari paydo bo‘ldi.

Bugun, 15 dekabr kunidan boshlab klubning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi egalariga qaytarildi. Xakerlar tomonidan sahifaga joylangan barcha rasmlar o‘chirildi. Klub hozircha bu borada rasmiy bayonot bergani yo‘q. Xakerlarning maqsadi ham noma’lum, chunki ular klub vakillariga hech qanday talab qo‘ymagan.

Klubning Instagram'dagi sahifasiga 176 mingdan ortiq foydalanuvchi obuna bo‘lgan. 

Ma’lumot uchun, hozirda “Uigan” klubi Angliya birinchi ligasida ishtirok etmoqda. Musobaqaning ortda qolgan 20 ta turdan so‘ng Uigan 23 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Angliya Uigan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing