Angliya himoyachisi jarohat sabab mundial qaydnomasidan chiqarildi

Sport

image

Angliya terma jamoasi va “Nyukasl Yunayted” himoyachisi Tino Livramento jarohati sabab 2026 yilgi Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda milliy terma jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli futbolchining o‘rnini “Chelsi” himoyachisi Trevo Chaloba egallaydi.

“The Telegraph” nashri xabariga ko‘ra, Livramento boldir qismida jarohat olgan. Shu bois u taxminan olti hafta davomida maydonga tusha olmaydi. Livramento Angliya terma jamoasi safida oltita uchrashuvda maydonga tushgan.

Ma’lumot uchun, Angliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ishtirokini joriy yilning 18 iyun kuni Xorvatiyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov jarohati sababli Jahon chempionatida ishtirok etolmasligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing