Angela Merkel karantinga olindi
Olam
−
23 mart 2020 11013 1 daqiqa
Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Angela Merkel idorasidan uy karatiniga yo‘l oldi. Ma’lumotlarga qaraganda, o‘tgan haftaning juma kuni uni emlab qo‘ygan shifokorda koronavirus ingfeksiyasi aniqlangan. Bu haqda Germaniya Vazirlar Mahkamasi rasmiysi Shteffen Zaybert ma’lum qilgan.
“Kanslerning bugun ommaviy axborot vositalaridagi chiqishidan keyin juma kuni uni emlamagan shifokorning koronavirus tahlillari ijobiy chiqqani haqida xabar berildi”, deydi Zaybert.
Vazirlar Mahkamasi vakilining qayd etishicha, Angela Merkel o‘z xohishiga ko‘ra, zudlik bilan uy karantiniga o‘tishga qaror qilgan. U ertadan boshlab muntazam nazoratda bo‘ladi. Merkel uy karantinida bo‘lgan holda kanslerlik vakolatlarini o‘zida saqlab qolib, faoliyatini masofaviy davom ettiradi.
Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtda Germaniyada koronavirusga chalinganlar 18,6 ming kishini tashkil etmoqda. 55 kishi ushbu virusdan vafot etdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr