Andijonlik fermer o‘z xotinini urib o‘ldirdi
Jamiyat
−
05 aprel 2019
6219Andijon viloyati Paxtaobod tumani Navnihol mahallasida yashovchi, “Karomatoy ipakchi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, mast holatda o‘z xotinini urib o‘ldirgan.
45 yoshli fermer I.T. ko‘plar havas qilsa arziydigan oilaning boshlig‘i, ikki farzandning otasi. Yurishi-turishi, mehnati bilan mahalla ahli o‘rtasida o‘ziga yarasha hurmat-e’tibor topgan edi. Ammo keyingi paytlarda spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan shaxs o‘zini idora qila olmay qotillikka qo‘l urdi.
Qotillik yuz bergan kuni ham u ko‘chadan uyiga biroz mast holda kelgan va uyda ham ichkilik ichishni davom ettirgan. Shu sababdan xotini bilan o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Mast holat bo‘lgan I.T. xotini M.T.ning boshiga, tanasining turli joylariga qo‘liga tushgan buyumlar – aroqning idishi, temir bo‘laklari bilan shavqatsizlarcha ura boshladi. Erining bu darajaga borishini kutmagan M.T. hushini yo‘qotadi. Qayta-qayta berilgan kaltak, zarb oqibatida u vafot etdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati tomonidan o‘tkazilgan ochiq sud majlisida o‘z xotinini shavfqatsizlarcha urib o‘ldirgan I.T. ga nisbatan qonuniy hukm o‘qildi. Unga 17 yil qamoq jazosi tayinlandi.
LiveBarchasi