Andijonlik “bezori TikTok`chi" ushlandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi “Xotira” xiyobonida qilgan mayda bezoriliklari bilan tanilib, keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan “TikTok’chilar” ishi ma’muriy sudga oshirildi. Bu haqda Andijon viloyati IIB xabar berdi.

“TikTok’da muxlislarim ko‘p edi. Shuni yanada ko‘paytirish hamda g‘arazli ishlar qilishmasin degan ma’noda video qilgan edik. Boshqa qaytarilmaydi. Ishimdan pushaymondaman” degan 18 yoshli tiktoker.

Huquq-tartibot organlari bir necha qoidabuzarliklarni amalga oshirgan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritgan. Ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183 va 54-moddalari tartibida hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Endilikda 18 yoshli huquqbuzar va uning ikki nafar sherigi qilgan xatti-harakatlari uchun ma’muriy sud oldida javob beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon bezorilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing