Andijondagi yog‘och omborida katta yong‘in bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
22 iyun 2424 1 daqiqa
Kecha, 21-iyun kuni Andijon viloyatining Andijon tumanida joylashgan yog‘och omborida katta yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 20:10 da tumanning “Mard” MFYda joylashgan yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan yong‘in qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 21:55 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida joylashgan poyabzal ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgandi. Yong‘in oqibatida xonadonning 120 kvadrat metr, unga tutash poyabzal ishlab chiqarish sexining 120 kvadrat metr hamda chinni buyumlar saqlanadigan omborxonaning 60 kvadrat metr maydonidagi tom qismi, ichki jihozlar va mahsulotlar yonib zararlangan.
Live
Barchasi