Andijondagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida bemor kaltaklandi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda ruhiy kasalliklar shifoxonasida shifokor bemorni urgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Unda muassasadagi barcha bemorlar yo‘lakda saf tortgani bir “mushtumzo‘r” shifokor ularni birma-bir so‘roqdan o‘tkazayotgani aks etgan. Hatto bir vaziyatda u duch kelgan bemorning qorniga musht tushirgani, bemor esa hushini yo‘qotib yerga yiqilganiga ham guvoh bo‘lish mumkin. 

Andijon viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat joriy yilning 27 oktyabr kuni “Andijon viloyat ruhiy sog‘liqni saqlash” dispanserida sodir bo‘lgan. Ertasi kuni tongda ma’muriyat tomonidan ichki xizmat tekshiruvi tayinlanib, bemorga qo‘pol muomalada bo‘lgan hamda unga nisbatan jismoniy kuch ishlatgan kichik tibbiy xodim – Sh.U.ning ishi muassasa kasaba uyushmasi majlisida ko‘rilib chiqilgan.

Majlisda Sh.U. egallab turgan vazifasidan ozod etilib, mehnat shartnomasi bekor qilingan. Shuningdek, uning bu harakatlariga qonuniy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga tegishli hujjatlar hamda kuzatuv qurilmalaridagi videoyozuvlardan ko‘chirmalar taqdim qilingan. 

O‘sha kuni kaltaklangan bemor esa viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi shifokorlari tomonidan UZI, Rentgen, laboratoriya tahlillari va boshqa diganostik tekshiruvlardan o‘tkazilgan. Bemorda jiddiy jarohatlar yoki salomatligi uchun xavf tug‘diradigan holatlar aniqlanmagan.

“Holat bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.“Andijon viloyat ruhiy sog‘liqni saqlash” dispanseridagi holatni viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘z nazoratiga oldi”, deyiladi xabarda.

Yakunda mas’ullar tomonidan mazkur shifo maskanidagi ishchi xodimlar bilan har qanday holatda qo‘pol xatti-harakat qilish qonuniy jazo ko‘rilishiga sabab bo‘lishi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon shifoxona mushtumzo'r ruhiy kasalliklar shifoxonasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing