Andijondagi portlash haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Andijon shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portlagani haqida xabar bergan edik. Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti mazkur portlash yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 4 dekabr kuni soat taxminan 14:05 da Andijon shahar 2-kichik dahada joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yashovchi 30-yoshli fuqaro D.S.ning xonadonida o‘rnatilgan gaz tortgich moslamasida uyda hech kim yo‘qligi va nazoratsiz qolishi oqibatida ko‘p miqdorda gaz to‘planib chaqnashi natijasida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in sabab mazkur ko‘p qavatli uyda joylashgan 8 ta xonadon zarar ko‘rgan hamda 11 nafar fuqarolar termodestruktiv mahsulotlaridan zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Jabr ko‘rganlar orasida 3 nafar voyaga yetmaganlar bor. Jabrlanganlar orasida qurbonlar yo‘q.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon portlash

Baholaganlar

106

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing