Andijondagi mudhish YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image
Mudhish YTH: to‘rt kishi vafot etdi, ulardan ikki nafari bolalar north_east

Mudhish YTH: to‘rt kishi vafot etdi, ulardan ikki nafari bolalar

Kecha, 13 fevral kuni Andijon tumanida yengil avtomobil yuk mashinasiga urilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Yo‘l-transport hodisasi soat 21:00 larda Andijon viloyati Andijon tumani hududida sodir bo‘lgan. Asaka tumanida yashovchi X.M. Nexia-3 rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirib boshqarishi oqibatida, shu yo‘nalishda yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan “ZIL-130” rusumli yuk avtomashinasiga urilgan.

Natijada, Nexia-3 rusumli avtomashina yo‘lovchilari I.J. va N.P. tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan. Ushbu transport vositasi haydovchisi X.M. va yo‘lovchisi M.B. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

“Hurmatli harakat ishtirokchilari yo‘llarda harakatlanganda belgilangan tezlik talablariga qaiy rioya eting. Tezlikni me’yoridan oshirib o‘zingiz va boshqa harakat ishtirokchilari hayotini xavf ostida qoldirmang. Unutmang! sizni uyda farzandlaringiz, ota-onangiz, yaqinlaringiz kutadi. Har doim yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling”, deyya ogohlantiradi YHXBB.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Andijon

Baholaganlar

146

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing