Andijondagi do‘konning 120 million so‘mlik mahsuloti talon-toroj qilindi

Jamiyat

image

Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi fuqaro N.B ushbu tumanning "Yangihayot" mahallasida joylashgan fuqaro T.A.ga qarashli savdo do‘konini talon-toroj qiladi. Bu haqda Andijon viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, u ushbu savdo do‘konining omborxonasidan 2020 yil 20 mart kunidan 2020 yil 25 may kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, jami 120 000 000 so‘mlik turli xil salqin ichimliklarni yashirin ravishda o‘g‘irlagan. Umarilgan salqin ichimliklarni o‘zga shaxslarga sotib, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

“Mazkur holat yuzasidan  fuqaro N.B.ga nisbatan 2020 yil 27 may kuni Qo‘rg‘ontepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan”, deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing