Andijondagi daryodan 10 yashar bolaning murdasi topildi

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanidagi “Qoradaryo” daryosidan 10 yashar bolaning murdasi topildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 13 avgust kuni soat 17:53 larda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Maslahat hududidan oqib o‘tuvchi  “Qoradaryo” daryosidan 10 yoshli o‘g‘il bolaning jasadi chiqqani haqida ma’lum qilingan. Olib borilgan surishtiruv natijasida ushbu jasad tumanning “Ors” mahallasi Yuqori ko‘chasidagi uyda yashagan 2012 yilda tug‘ilgan T.A.ga tegishli ekani ochiqlangan. Marhumning jasadi sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan.

Viloyat FVB navbatchi-dispetcherlik xizmatiga suvda cho‘kish bo‘yicha xabar kelib tushmagani aytilmoqda. Shuningdek, bola qanday qilib daryoda cho‘kib ketgani haqida ma’lumot mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 iyul kuni Norin tumani  “Changitma”  mahallasidan oqib o‘tuvchi Qoradaryoda  2 nafar bola cho‘kib ketgan edi. Shuningdek, 13 iyul kuni aynan o‘sha daryodan ikki nafar voyaga yetmagan fuqaroning jasadi topilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Qoradaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing