Andijondagi bozorda chiqqan yong‘indan 1 mlrd zarar ko‘rildi

3-sahifa

image

Avvalroq, kecha, 17 noyabr kuni Andijon viloyatidagi dehqon bozorida yong‘in kelib chiqqani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ushbu yong‘in bo‘yicha rasmiy axborot berdi. 

Uning qayd etishicha, yong‘in 17 noyabr kuni soat 21:15 larda Andijon tumani, Sultonobod mahallasida joylashgan “Yorboshi vodiy savdo” MCHJga tegishli bo‘lgan oshxona va savdo do‘konlarida kelib chiqqan. Yong‘inda binoning umumiy 692,9 kv metr qismi yonib, taxminan 1 mlrd so‘mlik zarar yetgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi “b” bandi (Og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

142

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing