Andijonda zilzila sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
25 mart
4836Andijon viloyati Paxtaobod tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Bildirilishicha, Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da Andijon viloyatida zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 41,05 gradus shimoliy kenglik; 72,35 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3.8. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 263 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Paxtaobod tumanida 2 ball, 13 km;
- Izboskan tumanida 2 ball, 17 km;
- Uchqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 20 km.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila Andijon viloyatining 3 ta tumanida sezilgan edi.