Andijon va Farg‘onada zilzila bo‘ldi
Jamiyat
−
24 aprel 13480 1 daqiqa
Bugun, 24 aprel kuni soat 17:22 da Andijon va Farg‘ona viloyatlarida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila epimarkazi Toshkentdan 267 km janubiy-sharqda, Andijon viloyati Marhamat tumanida joylashgan. U yerda magnituda 3 ballni tashkil qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Marhamat tumanida 3 ball, 5 km.
- Asaka tumanida 2 ball, 13 km.
- Buloqboshi tumanida 2 ball, 20 km.
- Shahrixon tumanida 2 ball, 22 km.
- Quva tumanida 2 ball, 22 km.
Live
Barchasi