Andijonda yuk mashinasini quvib o‘tgan Nexia Damas bilan to‘qnashdi. Qurbon bor

3-sahifa

image

Joriy yilning 30 sentyabr kuni Andijon viloyatida yuk avtomashinasini quvib o‘tgan Nexia boshqaruvni yo‘qotib Damas`ga borib urildi. Yo‘l-transport hodisasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV xabar berdi.

YTH 30 sentyabr kuni soat 18:00 larda Jalaquduq tumani, "To‘rachek" mahallasi hududidan o‘tgan "Xonobod-Andijon" transport qatnov yo‘lida yuz bergan. Fuqaro A.A. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli transport vositasida “Andijon” yo‘nalishida harakatlanib kelayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda kelayotgan  fuqaro T.O. boshqaruvidagi VOLVO FH12 rusumli  yuk avtomashinasini o‘ng tomonidan quvib o‘tgan. U harakatlanib kelayotgan yo‘l bo‘lagiga o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtida, avtomashinasining orqa chap tomoni bilan yuk avtomashinasining o‘ng old tomoniga borib urilgan va boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tomonga o‘tib ketishi oqibatida ushbu yo‘nalishda kelayotgan fuqaro K.X.ning boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan.

Buning oqibatida Damas haydovchisi K.X. olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

132

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing