Andijonda yangi gaz qudug‘i ishga tushirildi
Jamiyat
−
08 aprel 2019
4713Andijon viloyatidagi Uchtepa konida yangi gaz qudug‘i ishga tushirildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy gazni razvedka qilish uchun mo‘ljallangan 7-sonli quduqdan sanoat hajmida gaz otilib chiqa boshlagan. Bir kecha-kunduzda chiqayotgan gazning o‘rtacha hajmi 300 – 350 ming metr kubga teng.
Mazkur quduqning chuqurligi 1350 metrni tashkil etadi. Yangi konda o‘n kun davomida gaz kondensati bo‘yicha izlanishlar olib boriladi, gaz manbasi bosimi, harorati va tarkibi o‘rganiladi.
Xabarda mazkur yangi quduq Farg‘ona vodiysi aholisini gaz bilan ta’minlash imkonini kengaytirishi qayd etib o‘tilgan.
Ma’lumot uchun, Andijon viloyati Buloqboshi tumanida joylashgan ushbu kondagi 1, 3, 4, 5 - sonli quduqlardan sanoat hajmida 386 ming metr kub hajmida gaz topilgan edi.
LiveBarchasi