Andijonda yana 6 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi
Jamiyat
−
17 aprel 2020
3785Andijon viloyatida 6 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Bu haqda bugun, 17 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
“Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 6 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, tuzalganlarning barchasi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 2 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ulardan 4 nafari Andijon shahridan, 2 nafari esa Andijon tumanidan. Ular orasida eng yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.
Shunday qilib, O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 146 nafarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. 4 nafari vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 1240 kishini tashkil qilmoqda.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi