Andijonda o‘quvchilarni kaltaklagan direktor ishdan olindi
3-sahifa
−
02 noyabr
5989Avvalroq, Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanidagi 38-umumta’lim maktab direktori bolalarni ayovsiz kaltaklagani haqida xabar qilingandi. Shundan so‘ng maktab direktori ishdan olindi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat joriy yilning 30 oktyabr kuni 14:30 da maktab sinfxonasida sodir bo‘lib, unda pirotexnika vositalaridan foydalangan bir guruh o‘quvchi-yoshlarni tartibga chaqirish jarayonidagi direktor M.M.ning xatti-harakatlari tasvirga olingan.
Maktab rahbari M.M. o‘quvchilarga nisbatan pedagogik etika qoidalari doirasida munosabatda bo‘lmaganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etilib, hozirda hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Andijon shahridagi 5-sonli maktabda maktab direktori darsga kechikib kelgan o‘quvchi qizlarni o‘tirib-turish mashqi bilan jazolagandi.