Andijonda o‘qituvchi tuman hokimi bo‘ldi

Jamiyat

image

Nasibullo Nabiyevich Mo‘minov Andijon viloyatining Asaka tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi. 

U 1983 yilda Andijon tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2006 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2001 yilda Andijon qurilish texnikumining maxsus fan o‘qituvchisi vazifasidan boshlagan.

2003-2015 yillarda Andijon uy-joy va kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kollejida bo‘lim boshlig‘i, amaliyot ishlari bo‘yicha, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 

2015-2017 yillar davomida Andijon qurilish va transport kasb-hunar kollejining direktori, 2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Andijon viloyati bo‘limi boshlig‘i, 2018-2019 yillar davomida esa Andijon viloyati hokimligi kasb-hunar boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida ishlagan.

Mo‘minov ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar, 2022 yilning fevral oyidan beri Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi

Eslatib o‘tamiz, kecha, 31 oktyabr kuni Sultonov Sarvar To‘lqinbek o‘g‘li Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumaniga, Muxtor Hayitmurodov Qashqadaryo viloyatining Muborak tumaniga, Anvar Karimov Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga, bugun, 1 noyabr kuni esa Niyoz Hazratqulov Sirdaryo viloyatining Shirin shahriga hokim etib tayinlangan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Andijon Asaka Nasibullo Mo'minov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing