Andijonda o‘qishga kiritishni va’da qilgan talaba ushlandi
3-sahifa
−
21 iyun 2022
5229Andijon viloyatining Ulug‘nor tumanida talaba firibgarlik jinoyati ustida qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Departament hamda DXXning Ulug‘nor tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi A.Q. fuqaro M.ni tanishlari yordamida shu institutga 14 000 AQSH dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, shundan 7 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi