Andijonda o‘g‘lini urib, tilanchilikka majburlagan ayol onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin

Jamiyat

image

Avvalroq, Andijon viloyatida ona voyaga yetmagan 7 yoshli o‘g‘lini urib, sadaqa so‘rashga majburlagani haqida xabar bergan edik. Holat yuzasidan Andijon viloyati prokuraturasi surishtiruv ishlarini boshlagandi.

Bosh prokuratura Matbuot xizmati bolaning onasi tomonidan kaltaklanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, voyaga yetmagan Qudratillo Toshpo‘latovning (2014 y.t.) manfaatlarini ko‘zlab, fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudiga  “Onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida” da’vo arizasi kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon tilanchilik

Baholaganlar

153

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing