Andijonda teplovoz relsda yotgan mast odamni bosib ketdi
Jamiyat
−
03 iyul 2019
7047Andijon-2 temir yul bekatining 183 kilometri 6-piketi 7-yo‘lida bo‘sh vagonlarni saralayotgan CHMZ-5928-sonli manyovr teplovoz ushbu yulda mast xolatda temir yo‘l relsi ustida yotgan shahrixonlik fuqaro E. A.ning oyoqlarini bosib ketdi. Bu haqda viloyat IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi ma’lum qildi.
Ushbu baxtsiz hodisa joriy yilning 27 iyun kuni soat taxmina tungi 00:45 ro‘y bergan.
Natijada fuqaro E.A.ning ikkala oyoq tizzasi tepa qismidan kesilgan. Bemor respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga joylashtirilgan bo‘lib, unga “travmatik, ikki oyoq tizzasidan tepa qismidan temir yo‘l ta’siri ostida kesilishi” tashxisi qo‘yilgan.
Mazkur xolat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi