Andijonda Spark yo‘l chetidagi daraxtga urildi. Qurbonlar bor

3-sahifa

image

Andijon viloyati Marhamat tumanida katta tezlikda harakatlangan Spark yo‘l chetidagi daraxtga borib urildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmaci matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yil 8 yanvar kuni soat 21:35 larda Andijon viloyati Marhamat tumani “Alitepa” MFY hududidan o‘tuvchi D-140 avtomobil yo‘lining 40-kilometrida 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi B.K. Spark rusumli avtomobilda katta tezlikda harakatlangan va rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga to‘qnashgan.

Bildirilishicha, mazkur YTH oqibatida vafot yetgan va tan jarohati olganlar bor. Holat yuzasidan Marhamat tumani IIB xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Shayxontohur tumani Sebzor ko‘chasidagi ko‘prik ustida Lacetti, HOWO yuk transport vositasi va Lacetti avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan va oqibatda Lacetti ag‘darilib ketgan edi. Hodisaga sabab bo‘lgan haydovchining 17 yosh ekani va tezlikni me’yoridan oshirib yuborgani, shuningdek, hujjatlari mavjud emasligi aniqlangan. YTH oqibatida tan jarohat olganlar bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Andijon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing