Andijonda sovuqda o‘quvchilari tashqariga olib chiqilgan maktab direktori va o‘rinbosari ishdan olindi

Jamiyat

image

Avvalroq, Andijon shahridagi 43-umumta’lim maktabida yosh bolalar yupun kiyim bilan qahraton sovuqda bayroq ko‘tarib turgani olib chiqilgani haqida xabar bergan edik.

Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Joriy yilning 19 noyabr kuni Andijon shahridagi 43-umumta’lim maktabiga “Yangi O‘zbekiston - Yangicha dunyoqarash” shiori ostida mamlakatda ko‘zga ko‘ringan ziyolilar, san’at, fan-ma’daniyat hodimlari hamda faol nuroniylardan iborat targ‘ibot guruhi tashrif buyurgan.

Ta’kidlanishicha, targ‘ibot guruhi vakillari tashrifidan xabardor bo‘lgan o‘quvchilar soat 11:25 da ularni kuzatish maqsadida yo‘lakka chiqishgan ekan. O‘tkazilayotgan tadbirning fotoalbomini yaratish maqsadida mahalla faollari va maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ularni rasmga olgan. Ishchi guruh rasmdagi bolalar bilan qilgan suhbatida mana shu suratga olish vaqtida 2-3 daqiqa tashqarida qolishganligi, so‘ng ustozlari tomonidan tanaffus vaqti tugamasdan (soat 11:35gacha) ularni sinf xonalariga kirishlari so‘ralgan.

“Har bir o‘quvchining maktabda bo‘lgan vaqtidagi salomatligi va xavfsizligiga keng jamoatchilik vakillari, bloggerlardan ham ko‘proq ta’lim sohasi vakillari jon kuydirishlari zarur ekanligini hisobga olib 43-umumta’lim maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi (D.Nasirdinov), maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari (S.Ismanova)lar egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi barcha tizimda faoliyat olib borayotgan rahbarlar, o‘qituvchilar va hodimlardan maktabdagi o‘quvchilarning har biriga o‘z farzandidek daxldorlik tuyg‘usida yondoshishni, ularning sog‘liklari va xavfsizliklariga ta’sir ko‘rsatuvchi mana shunday holatlarga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘rab qoladi”, deyiladi boshqarma xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

339

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing