Andijonda shifokorning aybi sabab 5 yoshli qiz vafot etdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda, Andijon viloyati Baliqchi tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limida 5 yoshli qizning o‘limiga sababchi bo‘lganlar qonun olidida javob berishi kerakligi haqida xabarlar tarqaldi. Andijon viloyat prokuraturasi holat yuzasidan munosabat bildirib, tibbiyot birlashmasi shifokorlariga jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi.

“Mazkur holat yuzasidan Baliqchi tuman prokuraturasi tomonidan 30.12.2022 yilda Baliqchi tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 116-moddasi 3-qismi bilan “Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik” jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 
Dastlabki tergov harakatlari Baliqchi tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda vafot etgan qiz 2018 yilda Andijon viloyati Baliqchi tuman Chinobod Sh.A.Y.da tug‘ilgani aytiladi. Shuningdek, unga ilova qilingan Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Andijon filialining o‘lim guvohnomasi hujjatida qizaloq 2022 yilning 10 dekabr kuni terapevtik qo‘llashda noxush reaksiyalarga sabab bo‘ladigan dorivor vosita, mediament va biologik moddalar sabab vafot etganligi yozilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 yanvar kuni Toshkent shahar Yangihayot tumanida 12 yoshli qiz o‘ldirib ketilgandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Andijon shifokor 5 yoshli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing