Andijonda RFdan olib kelingan yog‘och ortga qaytarib yuborildi
Jamiyat
−
05 Sentabr 2020
31420Andijon viloyatida Rossiya Federatsiyasidan olib kelingan yog‘och mahsuloti sanitariya talabiga javob bermagani uchun ortga qaytarib yuborildi. Bu haqda “O‘zdavkarantin”inspeksiyasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Andijon viloyati “Do‘stlik” O‘simliklar karantini chegara maskanida RFdan kirib kelayotgan 45m3 yog‘och mahsuloti birlamchi karantin nazoratidan o‘tkazilgan.
Natijada, yuk egasi ruhsatnomasida belgilangan fitosanitariya talablari bajarilmaganligi aniqlanib, inspektorlar tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirildi va mahsulot olib kelingan davlatga qaytarib yuborilgan.