Andijonda “peshexod”dan o‘tayotgan 7 yashar bolani Nexia uchirib yubordi (video)

3-sahifa

image

Andijon viloyati Asaka tumanidagi 56-maktabning ro‘parasida svetaforning piyodalar uchun yashil chirog‘idan o‘tayotgan 7 yoshli bolani 29 yoshli Nexia avtomashinasi haydovchisi urib yubordi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizlik xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, bola joriy yilning sentyabr oyida maktabga chiqishi sababli tayyorlov guruhlariga qatnayotgan bo‘lgan.

Nexia haydovchisi svetoforning yongan yashil chirog‘ida to‘xtamay, harakatlangan va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatni davom ettirgan.

YTH oqibatida bolaning 2 yelka va son suyagi singan. To‘liq reanimatsion muolajalar o‘z vaqtida ko‘rsatilgani uchun bemorning holati ancha yaxshilangan va u hushiga kelgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Asaka tumani Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizlik boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Andijon Asaka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing